Saudiya futbolida fojea Al-Qadisiya 16 yoshli futbolchisi vafot etdi

Saudiya futbolida fojea Al-Qadisiya 16 yoshli futbolchisi vafot etdi

Saudiya Arabistoni futbolidan qayg‘uli xabar tarqaldi: «Al-Qadisiya» safida to‘p surgan 16 yoshli himoyachi Turki Al-Said vafot etdi. Bu haqda Saudiya futbol federatsiyasi rasmiy nekrolog e’lon qilib ma’lum qildi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

«Al-Qadisiya» hozirda Saudiya futbolining kuchi bo‘yicha ikkinchi ligasida ishtirok etmoqda va jadvalda to‘rtinchi o‘rinda bormoqda. Jamoa tarkibida italiyalik Matteo Retegi ham bor — u avval «Atalanta» sharafini himoya qilgan.

Yosh futbolchining o‘limi sababi hozircha rasman ochiqlanmadi. Biroq norasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, fojea yo‘l-transport hodisasi oqibatida yuz bergan.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Abror Shuhratov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.