Boka Xuniors klubida yangi sport direktori tayinlandi

Boka Xuniors klubida yangi sport direktori tayinlandi

Argentina grandi “Boka Xuniors” sport direktori lavozimiga Marselo Delgadoni tayinlaganini rasman e’lon qildi. U klub prezidenti Xuan Rikelme bilan yaqin hamkorlikda ishlaydi. Avvalroq “Barselona” safida ham to‘p surgan Rikelme bilan tandem jamoaga zarur bo‘lgan shoshilinch kuchaytirishlar ustida bosh qotiradi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Delgado futbolchilik faoliyatida ham katta tajribaga ega: u Argentina terma jamoasida 1995–2002 yillar oralig‘ida 18 ta uchrashuv o‘tkazgan va 1998 yilgi Jahon chempionatida ham maydonga tushgan. 2003 yilda esa u “Santos” hujumchisi Rikardo Oliveyra bilan birga Libertadores kubogining eng yaxshi to‘purari bo‘lib, o‘z nomini tarixga yozdirgandi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Ravshan
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.