Slutskiy boshqaruvidagi Shanxay Shenxua ACLda mag‘lub bo‘ldi

Osiyo Chempionlar ligasida “Shanxay Shenxua” yetti tur yakuniga ko‘ra pley-offga chiqish imkoniyatini boy bergandi. 8-turda Leonid Slutskiy shogirdlari “Buriram Yunayted”ga qarshi o‘yinda turnir bilan xayrlashishdan avval munosib yakun qilishga urindi, biroq buni uddalay olmadi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Uchrashuvda Tailand klubi 2:0 hisobida g‘alaba qozondi: mezbonlar birinchi bo‘limning avvalida qisqa vaqt oralig‘ida ikkita gol urdi. Oradan ko‘p o‘tmay “Shanxay Shenxua” bir futbolchisidan ayrilib, kam sonli tarkibda qolganidan keyin intriga deyarli so‘ndi.
Ma’lumot uchun, Leonid Slutskiyning “Shanxay Shenxua” bilan amaldagi shartnomasi 2027 yil oxirigacha mo‘ljallangan.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













