Yurgen Klopp: "Gvardiola bilan kurashish men uchun katta yutuq bo‘lgan"

“Liverpul” va «Borussiya Dortmund» jamoalarida murabbiylik qilgan sobiq mutaxassis Yurgen Klopp o‘z murabbiylik faoliyatiga baho berdi va u dunyodagi eng yaxshi murabbiylardan biri ekanini tan oldi. TV2 nashriga intervyu berarkan, Klopp shunday dedi:
«Murabbiylik faoliyatida men hech qachon o‘zimni buyuk murabbiy deb hisoblamaganman. Lekin, agar odamlar biz bilan Gvardiola o‘rtasidagi qarama-qarshilikka eʼtibor bersa, men uning dunyodagi eng yaxshi murabbiy ekanini tan olaman. Agar shunday bo‘lsa, demak, men ham ancha yaxshi bo‘lganman, lekin buni o‘sha paytda anglab yetmaganman», — dedi Klopp.
Germaniyalik mutaxassisning so‘nggi ish joyi “Liverpul” bo‘lgan. U 2015 yildan 2024 yilgacha Angliya klubini boshqarib, jamoa APL hamda Chempionlar Ligasida g‘alaba qozonishida muhim rol o‘ynagan. Kloppning rahbarligida “Liverpul” ko‘plab muvaffaqiyatlarga erishgan, jamoa futbolini yangi bosqichga ko‘targan.













