O‘zbekistonda bola tug‘ilganda beriladigan “suyunchi puli”ni to‘lash tartibiga o‘zgartirish kiritildi

O‘zbekistonda bola tug‘ilganda beriladigan “suyunchi puli”ni to‘lash tartibiga o‘zgartirish kiritildi

O‘zbekistonda bola tug‘ilganda beriladigan bir martalik “suyunchi puli”ni to‘lash tartibiga o‘zgartirish kiritildi. Endilikda birinchi farzandi nobud bo‘lgan oilalar ham keyingi tirik tug‘ilgan farzandi uchun ushbu nafaqani olishi mumkin bo‘ladi.

Avvalgi tartibga ko‘ra, “suyunchi puli” faqat birinchi farzand uchun berilar edi. Agar ilk farzand perinatal yoki erta neonatal davrda vafot etsa, keyingi bola ikkinchi farzand sifatida baholanib, nafaqa rad etilgan.

Prezident Xalq qabulxonasiga kelib tushgan murojaatlardan so‘ng Vazirlar Mahkamasi qaroriga tegishli o‘zgartirishlar kiritildi. Yangi tartibga ko‘ra, birinchi yoki undan keyingi farzandlar nobud bo‘lgan taqdirda ham navbatdagi tirik tug‘ilgan bola uchun “suyunchi puli” to‘lanadi.

Hozirda bola tug‘ilganda beriladigan bir martalik nafaqa miqdori taxminan 890 ming so‘mni tashkil etadi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nigina Zarqarayeva
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.