Matteusdan Vinisiusga tanqid: “Shikoyat qilish – uning odatiga aylandi”

Matteusdan Vinisiusga tanqid: “Shikoyat qilish – uning odatiga aylandi”

“Bavariya”ning sobiq hujumchisi Lotar Matteus “Real”ning yosh yetakchisi Vinisius Junior haqida o‘z fikrlarini bildirdi. Matteusning taʼkidlashicha, Vinisius juda kuchli futbolchi, ammo uning o‘yin uslubi muntazam ravishda nizo va janjallarga sabab bo‘ladi.

Matteus «Vinisius, shubhasiz, juda kuchli futbolchi, ammo u muntazam ravishda nizo qo‘zg‘atadi. Uning o‘ziga nisbatan shunday o‘ynasangiz va qo‘polroq qarshi olsangiz, shikoyat qilib, noliyveradi — uning uchun bu odatga aylandi», deb izohladi.

Vinisius joriy mavsumda Chempionlar Ligasida 12 ta o‘yin o‘tkazib, 5 ta gol va 6 ta golli uzatma berdi. Bu jarayonda u o‘zining muhim o‘rnini ko‘rsatib, “Real”ning oliy maqsadlari uchun katta hissa qo‘shdi. Bugun tunda esa “Real” va “Bavariya” Chempionlar Ligasining 1/4 finalida o‘zaro bahs olib borishadi.

Shu bilan birga, Matteusning fikrlari Vinisiusning o‘yinlariga qaratilgan eʼtirozlarni yana-da oshirdi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.