Valverde: "Dembelening jarohati? Yoshi katta futbolchi bunday harakat qilmagan bo‘lardi"

Valverde: "Dembelening jarohati? Yoshi katta futbolchi bunday harakat qilmagan bo‘lardi"
\"Barselona\" bosh murabbiyi Ernesto Valverde \"Xetafe\"ga qarshi LaLiganing 4-tur uchrashuvida (2:1) jarohat olgan hujumchi Usmon Dembeleni tanqid qildi.

Bir vaziyatda 20 yoshli futbolchi maydonni tark etayotgan to‘pga yetib oldi va unga tovoni bilan zarba berdi. Shundan so‘ng u jarohat oldi va 4 oyga safdan chiqdi.

\"Dembelening jarohati? Usmon hozirgacha mushak jarohatini olmagan va bu nima ekanligini bilmaydi. U tovoni bilan o‘ynagani uchun shikastlandi. Bu esa shunga o‘xshash shikastlanishlarning eng xavflisi. Yoshi katta futbolchi bunday harakat qilmagan va to‘pni chiqib ketishiga imkon bergan bo‘lardi\" - deydi Valverde.

Manba: championat.asia
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.