Rus go‘zali PSJning o‘yinini tomosha qildi va klub prezidenti bilan suratga tushdi (foto)

Rus go‘zali PSJning o‘yinini tomosha qildi va klub prezidenti bilan suratga tushdi (foto)
JCh-2018 ning rasmiy elchilaridan biri Viktoriya Lopiryova kecha oqshom Fransiya chempionati 19-turidan o‘rin olgan PSJ hamda “Kann” jamoalari o‘rtasidagi bahs (3:1)ni bevosita stadiondan turib tomosha qildi. Bu haqda “Sports.uz” xabar bermoqda.

Uchrashuvdan so‘ng rossiyalik go‘zal o‘zining “Twitter” ijtimoiy tarmog‘idagi rasmiy sahifasida Parij klubi prezidenti Nosir Al-Xelayfi bilan tushgan suratini e’lon qildi.
Rus go‘zali PSJning o‘yinini tomosha qildi va klub prezidenti bilan suratga tushdi (foto)
“PSJ uchun yilning ajoyib yakuni. Nosir Al-Xelayfi hamda klub ishqibozlarini tabriklayman. Yangi yilda bundanda ko‘p g‘alabalar ko‘p bo‘lishini tilab qolaman”, – deb suratga izoh qoldirdi Viktoriya xonim.

Qayd etish joiz, Lopiryova bundan oldin YeChL 5-turidan o‘rin olgan PSJ hamda “Seltik” jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvni ham “Park De Prens”dan turib kuzatgan edi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.