Sardor Rashidov “Lokomotiv” a’zosiga aylandi

Sardor Rashidov “Lokomotiv” a’zosiga aylandi
BAAning «Al-Jaziyra» klubi va O‘zbekiston terma jamoasi yarimhimoyachisi Sardor Rashidov Toshkentning «Lokomotiv» klubi sharafini himoya qiladi. Bu haqda «temiryo‘lchilar» rasmiy sayti xabar tarqatdi.

Manba bergan xabarga ko‘ra, bugun tomonlar o‘zaro kelishuv asosida bir yilga mo‘ljallangan shartnomaga imzo chekishgan. Shu tariqa, Sardor Rashidov «Lokomotiv» yangi mavsum oldidan o‘z safiga qo‘shib olgan oltinchi futbolchiga aylandi.

Ma’lumot uchun, Sardor Rashidov bunga qadar Jizzaxning «So‘g‘diyona», Toshkentning «Bunyodkor», Qatarning «Al-Jayish» va BAAning «Al-Jaziyra» kabi jamoalar safida faoliyat olib borgan.

Eslatib o‘tamiz, qishki transferlar vaqtida Sardor Rashidov Fransiyaning «Renn» klubida to‘p surishi haqida xabarlar tarqalgandi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.