Igor Shkvirin Pro-liga klubini qabul qilib oldi

Igor Shkvirin Pro-liga klubini qabul qilib oldi
O‘zbekiston Pro-ligasida ishtirok etadigan Termizning \"Surxon\" klubi bosh murabbiyi Dilshod Nuraliyev iste’foga chiqarildi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar bermoqda.

Xabarda aytilishicha, uning o‘rnini \"Olmaliq\" va \"So‘g‘diyona\" klublarining sobiq ustozi - Igor Shkvirin egalladi.

Ma’lumot uchun, \"Surxon\" 15-turdan so‘ng Pro-liganing \"A\" guruhida 26 ochko bilan turnir jadvalida 2-o‘rinni egallab turibdi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.