OFK yilning eng yaxshilarini taqdirladi (foto)

OFK yilning eng yaxshilarini taqdirladi (foto)
Ummon poytaxti Maskat shahrida Osiyoning 2018 yildagi eng yaxshilarini taqdirlash marosimi o‘tkazildi.

O‘zbekiston U23 bilan Osiyo chempionatida g‘alaba qozongan Ravshan Haydarov yilning eng yaxshi murabbiyi sovriniga nomzodlar qatoriga kiritilgan edi. Biroq, yakunda mukofotni «Kashima Antlers» bilan Osiyo Chempionlar Ligasida zafar quchgan yaponiyalik mutaxassis Go Oiva qo‘lga kiritdi.
OFK yilning eng yaxshilarini taqdirladi (foto)
OFK prezidentining maxsus sovrini Tailandning «Wild Boars» futbol klubi va Yaponiya U20 ayollar jamoasi bosh murabbiyi Futoshi Ikedaga taqdim qilindi

«Osiyo javohiri» sovrini Chjan Szilunga topshirildi.

2018 yilning islohotlarda eng yuqoriga intilayotgan futbol assotsiatsiyasi sovrini Mo‘g‘uliston futbol federatsiyasiga topshirildi.

Koreya Xalq Demokratik Respublikasi futbol assotsiatsiyasiga 2018 yilning eng yaxshi rivojlanayotgan futbol assotsiatsiyasi sovrini topshirildi.

2018 yilning eng yaxshi futbol assotsiatsiyasi sovrini Yaponiya futbol assotsiatsiyasiga topshirildi.
OFK yilning eng yaxshilarini taqdirladi (foto)
Falastin, Singapur va Xitoy futbol assotsiatsiyalari ommaviy futbolni rivojlantirishga intilayotgani uchun OFK prezidenti e’tirofiga sazovor bo‘ldi.

Yaponiyalik Asako Takakura - ayollar futbolidagi 2018 yilning eng yaxshi murabbiyi.
OFK yilning eng yaxshilarini taqdirladi (foto)
Eronlik Ali Asqar Hasanzoda 2018 yilning eng yaxshi futzalchisi bo‘ldi.

Xitoylik Van Shuan 2018 yilning eng yaxshi ayol futbolchisi sovriniga ega bo‘ldi.
OFK yilning eng yaxshilarini taqdirladi (foto)
Abdulkarim Hasan («As-Sadd», Qatar) 2018 yilning eng yaxshi futbolchisi bo‘ldi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.