Neymar: Agar Gvardiola «Manchester Siti»ni boshqarsa, u erga oʻtmasligim haqida hech narsa deya olmayman


Braziliya terma jamoasi hujumchisi Neymar \"Barselona\"dan \"Manchester Siti\"ga o‘tishi ehtimoli haqidagi savolga javob qaytardi. Bu haqda Uff.uz xabar bermoqda.
\"Men \"Barselona\" bilan yangi shartnoma imzolashga optimistik ruhda qarayman. Hozir muzokara olib bormoqdamiz.
\"Manchester Siti\"ga o‘tishim haqidagi xabarlarga kelsak, agar bu jamoani Gvardiola boshqaradigan bo‘lsa, men hech narsa deya olmayman. Hayot uzoq vaqt davom etadi, shunday ekan, men hech narsani inkor etmayman\", - deydi futbolchi.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













