Desham: "Yuzimga tarsaki tushganday bo‘ldi, boshqa narsa deya olmayman"

Desham: "Yuzimga tarsaki tushganday bo‘ldi, boshqa narsa deya olmayman"
Fransiya terma jamoasi bosh murabbiyi Dide Desham jamoasining Yevro-2020 musobaqasi saralashi doirasida kechgan Turkiyaga qarshi o‘yini haqida gapirib o‘tdi. Desham shogirdlari 2:0 hisobida taslim bo‘lishdi.

\"Butun jamoa shunday darajadagi o‘yinni namoyish qilsa ijobiy natijadan umid qilib bo‘lmaydi.

Biz jamoa bilan qo‘limizdan kelgan barcha ishni qilib ko‘rdik, ular o‘z o‘yinini ko‘rsatishdi. Jahon chempionimisan, yo‘qmi baribir ham yuqori darajada o‘yin namoyish qilish kerak.

Biz uchun bu yuzimga tarsaki tushirganday bo‘ldi, boshqa hech narsa ayta olmayman. Seshanba kuni boshqa o‘yinimiz bor, Turkiya terma jamoasi tabriklab qo‘yishim mumkin. Asosiy ishga qaytish lozim\", - deydi Desham.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.