Ravshanbek Umurzoqov reytingi yuqori bokschini mag‘lub etdi (foto, video)

Ravshanbek Umurzoqov reytingi yuqori bokschini mag‘lub etdi (foto, video)
Rossiya Federatsiyasining Yekaterinburg shahrida bugun katta professional boks kechasi bo‘lib o‘tdi.
Kechaning asosiy jangida hamyurtimiz Ravshanbek Umurzoqov (9-0, 7KO) filippinlik Roldan Aldeaga (14-7-1, 8KO) qarshi ringga ko‘tarildi. 10 raund davom etgan bahs davomida hamyurtimiz to‘laqonli ustunlikka erishdi va hakamlar bir ovozdan uning g‘alabasini qayd etishdi - 98:91, 97:92, 98:91.
Ravshanbek Umurzoqov reytingi yuqori bokschini mag‘lub etdi (foto, video)
Shu tariqa, \"Mister pechen\" va \"Shahzoda\" kabi laqablarga ega bo‘lgan Umurzoqov WBA Asia kamarini himoya qilib, g‘alabali seriyasini davom ettirdi.
Ravshanbek Umurzoqov reytingi yuqori bokschini mag‘lub etdi (foto, video)
Ma’lumot uchun, Ravshan Umurzoqov dunyo reytingida 97, uning bugungi raqibi esa 27-pog‘onani band etib turibdi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.