Kuman: "Barselona" uchun Gollandiya bilan shartnomani bekor qilishim mumkin"

Kuman: "Barselona" uchun Gollandiya bilan shartnomani bekor qilishim mumkin"
Gollandiya terma jamoasi bosh murabbiyi Ronald Kumanning so‘zlariga ko‘ra, uning shartnomasida \"Barselona\" uchun jamoani tark etish mumkinligi ko‘rsatilgan.
\"Bu ma’lumot tasodifan Niko Yan Xugma (Gollandiya futbol federatsiyasi vakili) og‘zidan chiqib ketdi. U hamma biladi deb o‘ylagan bo‘lsa kerak.
Shartda faqat \"Barselona\" nomi yozilgan va agar taklif bo‘lsa, faqat Yevro-2020dan so‘ng uni ko‘rib chiqishim mumkin. Hozir hech qayerga ketmayman.

Yevropa chempionatidan so‘ng Federatsiya turnirda yomon ishtirok etganimizni aytsa, yo‘llarimiz ayrilishi mumkin.
Ammo men faqat bitta klubga ketaman. Gollandiya terma jamoasini boshqa jamoa uchun tark etmayman. \"Barselona\" - orzuimdagi jamoa\" - deydi Kuman.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.