“Navbahor” rossiyalik futbolchi bilan shartnoma imzoladi

Rossiyalik hujumchi Ruslan Bolov bugun Namanganning “Navbahor” jamoasi bilan shartnoma imzoladi.
Ruslan Bolov 1994 yil 7 mayda Rossiyaning Nalchik shahrida tug‘ilgan. Ampluasi – hujumchi.
Futbolchilik faoliyati davomida Rossiyaning “Spartak - Nalchik” (Nalchik), “Krasnodar-2” (Krasnodar), “Volgar” (Astraxan), “Fakel” (Voronej), “Avangard - Kursk” (Kursk) va “Ximki” (Moskva viloyati) jamoalarida o‘ynagan. O‘tgan mavsumni esa Belarusning “Gomel” (Gomel) klubida o‘tkazgan.
Ruslan Bolov 5 fevral kuni poytaxtimiz Toshkentda tibbiy ko‘rikdan o‘tdi hamda shu kunlarda o‘z o‘quv-mashg‘ulot yig‘inini Turkiyada o‘tkazayotgan jamoa ixtiyoriga yetib boradi.
- \"Biz yangi mavsumda Ruslan Bolovga omad yor bo‘lishi va chiroyli o‘yinlari hamda gollari bilan \"Navbahor\"ning g‘alabalariga munosib hissasini qo‘shishini tilab qolamiz\", - deb yozadi “Navbahor” matbuot xizmati.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!Ruslan Bolov 1994 yil 7 mayda Rossiyaning Nalchik shahrida tug‘ilgan. Ampluasi – hujumchi.
Futbolchilik faoliyati davomida Rossiyaning “Spartak - Nalchik” (Nalchik), “Krasnodar-2” (Krasnodar), “Volgar” (Astraxan), “Fakel” (Voronej), “Avangard - Kursk” (Kursk) va “Ximki” (Moskva viloyati) jamoalarida o‘ynagan. O‘tgan mavsumni esa Belarusning “Gomel” (Gomel) klubida o‘tkazgan.
Ruslan Bolov 5 fevral kuni poytaxtimiz Toshkentda tibbiy ko‘rikdan o‘tdi hamda shu kunlarda o‘z o‘quv-mashg‘ulot yig‘inini Turkiyada o‘tkazayotgan jamoa ixtiyoriga yetib boradi.
- \"Biz yangi mavsumda Ruslan Bolovga omad yor bo‘lishi va chiroyli o‘yinlari hamda gollari bilan \"Navbahor\"ning g‘alabalariga munosib hissasini qo‘shishini tilab qolamiz\", - deb yozadi “Navbahor” matbuot xizmati.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













