«Real» muxlislari: «Sizning xursandchiligingiz – biz uchun sharmandalik»

«Real» muxlislari: «Sizning xursandchiligingiz – biz uchun sharmandalik»
«Real» muxlislari: «Sizning xursandchiligingiz – biz uchun sharmandalik»

“Real” klubining muxlislari “Atletiko”dan uchralgan yirik mag‘lubiyatdan keyin Krishtianu Ronaldu boshchiligidagi futbolchilarning ko‘ngilxushlik qilishganini hali hamon “hazm” qila olishmayapti.

Bugun “Qirollik klubi”ning bir guruh muxlislari klub bazasi oldida norozilik namoyishini o‘tkazishdi. Ular qo‘llarida futbolchilarga qaratilgan “Sizning xursandchiligingiz – biz uchun sharmandalik” degan yozuvlar bitilgan bannerlarni ko‘tarib olishgan.

Eslatib o‘tamiz, Ronalduning agenti Jorje Mendesh o‘sha ziyofat “Atletiko”ga qarshi o‘yindan avval rejalashtirilganini, futbolchi bitta mag‘lubiyat deb o‘zining tug‘ilgan kunini nishonlashga kelgan mehmonlarni qaytarib yubora olmasligini aytib o‘tgandi.

Manba: www.uff.uz
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.