Saloh uchun "Oltin butsa" muhimmi yoki "Liverpul"ning rekordi?

Saloh uchun "Oltin butsa" muhimmi yoki "Liverpul"ning rekordi?
“Liverpul” forvardi Muhammad Saloh mavsumning qolgan qismi uchun o‘z oldiga 2 ta maqsad qo‘ydi.

Men jamoam mavsumda eng ko‘p ochko jamg‘arish bo‘yicha rekord o‘rnatishi uchun yordam berishni xohlayman. Undan keyin esa yana “Oltin butsa”ni qo‘lga kiritishga harakat qilib ko‘rmoqchiman.
Bularning ikkalasini bajarish ham oson emas. Agar bittasini tanlash kerak bo‘lsa, men “Oltin butsa”ni tanlardim
”, - deydi misrlik futbolchi.

30 yoshli Saloh joriy mavsum APLda 17 ta gol urdi. “Liverpul” esa mantiqan mavsum oxirigacha 107 ochko jamg‘arishi mumkin. Bu boradagi rekord esa “Manchester Siti”ga tegishli. “Shaharliklar” bir mavsumda 100 ochko jamg‘arishgan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.