Xavi «Barselona»ga qaytmaydi, u «As-Sadd» bilan shartnomani uzaytirdi

Xavi «Barselona»ga qaytmaydi, u «As-Sadd» bilan shartnomani uzaytirdi
Foto: Getty Images
Qatarning «As-Sadd» klubi bosh murabbiyi Xavi jamoa bilan amaldagi shartnomasini uzaytirdi.
Ispaniyalik mutaxassisning qatarliklar bilan yangi kelishuvi 2020/21 yilgi mavsum oxirigacha mo‘ljallangan.

«As-Sadd» jamoasini shug‘ullantirishda davom etishdan mamnunman. Jamoaning maqsadi — barcha sovrinlar uchun kurashish», — deydi Xavi.
Xavi 2019 yilning yozida «As-Sadd» bosh murabbiyiga aylangandi. Mutaxassis «bo‘rilar» bilan 2019/20 yilgi mavsumda Qatar Kubogi va Superkubogida g‘olib bo‘ldi. Unga qadar futbolchi mazkur klub safida to‘p surgan.

Avvalroq Xavi mavsum yakunida «Barselona» bosh murabbiyiga aylanishi mumkinligi xabar qilingandi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.