Italiyaning dunyoga mashhur nashrlaridan biri: "Jenoa", mana o‘zbekistonlik "Messi" keldi

Italiyaning dunyoga mashhur nashrlaridan biri: "Jenoa", mana o‘zbekistonlik "Messi" keldi
Kecha \"Rostov\" hujumchisi Eldor Shomurodov Italiyaga yo‘l olgani haqida xabar bergandik. Hamyurtimiz Italiyaga yetib bordi.
U yerda nafaqat Italiyaning, balki butun dunyoga mashxur sky sport nashri Eldor Shomurodov haqida quyidagi sarlavha ostida xabar yozdi:
- \"Jenoa\", mana Shomurodov. O‘zbekistonlik \"Messi\" keldi.

\"Rostov\" muxlislari Messiga taqqoslagan o‘zbekistonlik hujumchi Eldor Shomurodov Italiyaga yetib keldi. U Drogba va Torresga havas qiladi hamda Rivaldo va Mourino bilan uchrashgan. Futbolchi tibbiy ko‘rikdan o‘tadi va shartnoma imzolaydi, - deya yozilgan nashrda.

Shomurodov \"Jenoa\" bilan 4 yillik shartnoma imzolaydi. Uning uchun Italiya klubi \"Rostov\"ga 9 million yevro to‘laydi. Eldorning o‘zi esa, yillik 600-700 ming yevro maosh olishi kutilmoqda.
Italiyaning dunyoga mashhur nashrlaridan biri: "Jenoa", mana o‘zbekistonlik "Messi" keldi
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.