YECHL 1/4 final. Vinisiusning benefisiga aylangan o‘yinda "Real" "Liverpul"ni ishonchli hisobda yengdi

YECHL 1/4 final. Vinisiusning benefisiga aylangan o‘yinda "Real" "Liverpul"ni ishonchli hisobda yengdi
Yevropa Chempionlar Ligasi chorak final bosqichidan o‘rin olgan \"Real\" - \"Liverpul\" uchrashuvi o‘z yakuniga yetdi. Unda maydon egalari 3:1 hisobida g‘alaba qozondi.

Birinchi taymda madridliklar Vinisius Junior hamda Marko Asensioning gollari evaziga hisobni ishonchli ko‘rinishga keltirdi. Keyinchalik, Salah oradagi farqni qisqartirdi. Biroq 65-daqiqada katta sahnaga yana Vinisius chiqdi va 2 ta gol farqini tikladi.

Shu tariqa, mazkur jamoalarning ketma-ket ikkinchi to‘qnashuvida \"qirollik klubi\" 3:1 hisobida zafar quchdi. Ma’lumot uchun, bundan oldingi bahs YECHL-2017/18 yilgi mavsum finaliga to‘g‘ri kelgandi.

\"Real Madrid\" - \"Liverpul\" 3:1
Gollar:
1:0 – 27 Vinisius Junior, 2:0 – 36 Asensio, 2:1 – 51 Salax, 3:1 – 65 Vinisius Junior.

\"Real Madrid\" – Kurtua, Nacho, Mendi, Militao, Vaskes, Modrich, Kazemiro, Asensio (Valverde, 70), Kroos, Vinisius Junior (Rodrigo, 85), Benzema.

\"Liverpul\" – Alisson, Aleksander-Arnold, Fillips, Robertson, Kabak (Firmino, 81), Mane, Veynaldum, Diogu Jota (Shakiri, 81), Fabino, Salax, Keyta (Tiago Alkantara, 42).

Ogohlantirishlar: Mane (39), Vaskes (49), Tiago Alkantara (56), Aleksander-Arnold (83).
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.