O‘zbekistonni 2-bosqichda qoldirib ketgan Saudiya Yaponiyani ham mag‘lub etdi

O‘zbekistonni 2-bosqichda qoldirib ketgan Saudiya Yaponiyani ham mag‘lub etdi
Jahon chempionati Osiyo mintaqasi uchinchi saralash bosqichidan o‘rin olgan Saudiya Arabistoni - Yaponiya bahsi yakuniga yetdi va unda saudiyaliklar 1:0 hisobida raqibdan ustun keldi. Uchrashuvning 72-daqiqasida Firas Al-Buraykan gol urib, jamoasiga muhim g‘alabani keltirdi.

Ushbu natijadan so‘ng Saudiya 9 ochko to‘plagan holda Avstraliyaga yetib oldi. \"Kun chiqar yurt\" vakillari hisobida 3-turdan keyin 1 g‘alaba va 2 mag‘lubiyat bor va ular uchinchi o‘rnda joylashgan.

Eslatib o‘tamiz, \"sahro lochinlari\" 2-saralash bosqichida O‘zbistonni 3:0 hisobida mag‘lub etgandi. Mazkur o‘yindan so‘ng hamyurtlarimiz keyingi bosqich yo‘llanmasidan quruq qolgan edi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.