iOS 9.3.2'ni buzib ochishga ulgurishdi


Xaker Luka Todesko \"qwertyoruiop\" niki ostida tanilgan bo‘lib, u iOS 9.3.2\'ning so‘nggi versiyasini buzib ochdi, deyiladi \"Kun\" nashrida. OT (operativ tizim) buzilishiga isbot sifatida xakerning uzatgan videosi keltirilgan: unda jeylbreyk iPod touch\'ning oltinchi avlodini ko‘rish mumkin. Video ko‘rinishidan ishonchli, Todeskoning o‘zi esa mashhur xaker nomiga ega, shu bois yangi versiyaning buzib ochilganligiga ishonish uchun etarlicha asos bor. Todeskodan boshqa hech kim iOS\'ning so‘nggi versiyasini buzishga muvaffaq bo‘lmagan.
Jeylbreykning erkin foydalanishga chiqarilishi imkoniyatlari u qadar yuqori emas: Todesko avval ham tizimni buzib ochib kirgan, buning isbotini ham keltirgan, ammo buning texnologiyasini boshqalar bilan bo‘lishmagan. Shuningdek, xakerning Apple kompaniyasi tizimidagi kamchilikni bartaraf qilishga yordam berish yo bermasligi hozircha noma’lum.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













