Apple kompaniyasi Mac kompyuterlari uchun yangi operasion tizim nomini e’lon qildi


Apple kompaniyasi Ishlab chiquvchilar xalqaro konferensiyasi (WWDC 2016) chog‘ida Mac kompyuterlari uchun yangi operasion tizim Sierra deb nomlanishini ma’lum qildi. Bu haqda «Gazeta.ru»ga asoslanib «Daryo» xabar berdi.
Bundan tashqari, kompaniyadagilar ta’kidlashicha, Apple kompyuterlari uchun yangi operasion tizimlar nomi boshqa qurilmalar operasion tizimlaridan uslubiy jihatdan biroz farq qilgani sababli, bugungi kundan u macOS deb atala boshlaydi.
Shuningdek, yangi operasion tizimda bir nechta yangi funksiyalar mavjud: agar kompyuter yoki noutbuk yonida bir xil akkauntli iPhone turgan bo‘lsa, ularga parol kiritish kerak bo‘lmaydi. Bundan tashqari, eski hujjatlar avtomatik ravishda iCloud Storage’ga yuboriladi, kompyuterning ish stolidagi ishlatilmaydigan fayllar (papkadan tashqarida) iPhone bilan sinxronlashadi.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













