Yangi virus Firefox brauzeri ko‘rinishida yashirinmoqda


Barkly Projects’ning axborot xavfsizligi tadqiqotchilari guruhi Firefox brauzeri yangilanmasi ostida yashirinuvchi yangi virusni aniqladi. Bu haqda \"Kun.uz\" xabar qildi.
Virus firibgarlik dasturlari va tovlamachi dasturlarni tarqatuvchi Kovter troyan viruslari guruhiga mansub. Virusning yangi varianti kompyuterga brauzerning yangilanmasi ko‘rinishida tushib, qonuniy sertifikatga ega va shu sababli antiviruslar unga ahamiyat bermaydi. Barkly ma’lumotlariga ko‘ra, antivirus kompaniyalari yangi Kovter’ni uni to‘sish uchun xavfli dasturlr ro‘yxatiga qo‘sha boshlashdi.
Mutaxassislar Firefox’ni chetki resurslardan yangilamaslikni va sozlanmalarda yangilanmalarning mavjudligini tekshirishni tavsiya qilishmoqda. Bundan tashqari, antivirus dasturining eng oxirgi versiyasini ishlatish tavsiya qilinmoqda.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













