Insayd: iPhone 18 Pro Max tarixdagi eng og‘ir iPhone bo‘ladi

Insayd: iPhone 18 Pro Max tarixdagi eng og‘ir iPhone bo‘ladi

Tarmoqda iPhone 18 Pro va Pro Max haqida yangi tafsilotlar paydo bo‘ldi - Instant Digital insayderining yozishicha, Apple\'ning yangi flagmanlari avvalgilaridan sezilarli darajada qalinroq va og‘irroq bo‘ladi.

Instant Digital ma’lumotlariga ko‘ra, iPhone 18 Pro Max 240 grammdan og‘irroq bo‘ladi. Taqqoslash uchun:

  • iPhone 17 Pro Max - 233 gramm,
  • iPhone 16 Pro Max - 227 gramm.

Ayni paytda tarixdagi eng og‘ir iPhone iPhone 14 Pro Max bo‘lib qolmoqda - uning og‘irligi 240 gramm.

Insayder smartfonning qalinligi haqida batafsil ma’lumot bermagan, biroq iPhone 18 Pro Max qalinroq bo‘lishi kerak. iPhone 17 Pro Max qalinligi -8,75 mm. Tarmoqdagilar smartfonning og‘irligi va qalinligi ortishi hisobiga katta sig‘imli akkumulatorga ega bo‘lishi kutilmoqda.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Charos
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.