SpaceX yangi avlod Starship V3 raketasini parvozga tayyorlamoqda

SpaceX yangi avlod Starship V3 raketasini parvozga tayyorlamoqda

Elon Musk boshqaruvidagi SpaceX kompaniyasi Starship V3 prototipi uchun ikkinchi bor Wet Dress Rehearsal (WDR) sinov jarayonini muvaffaqiyatli yakunladi. Ushbu „nam repetitsiya“ davomida raketa dvigatellarni oʻt oldirmagan holda, yoqilgʻi quyish va asosiy tizimlarni tekshirish kabi toʻliq startoldi tayyorgarlik bosqichlaridan oʻtdi. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.

NASASpaceflight resursi tomonidan Starbase poligonidan eʼlon qilingan videolavhalarda yangi avlod tizimining toʻliq yigʻilgan holatini koʻrish mumkin. Starship V3 oʻzining avvalgi versiyalariga qaraganda sezilarli darajada kattalashgan oʻlchamlari va qator konstruktiv oʻzgarishlari bilan ajralib turadi. Elon Muskning taʼkidlashicha, V3 modelining deyarli har bir detali soʻnggi yillarda sinovdan oʻtkazilgan V2 versiyasidan farq qiladi.

Insoniyat tarixidagi eng yirik raketa hisoblangan ushbu kema uchun Ship 39 prototipi qoʻllanilmoqda. Mazkur parvoz yangilangan Starbase start maydonchasidan amalga oshiriladigan ilk missiya boʻladi. Raketa orbitaga 20 ta Starlink sunʼiy yoʻldoshi maketi va 2 ta modifikatsiya qilingan maxsus sunʼiy yoʻldoshni olib chiqishi rejalashtirilgan.

Ijtimoiy tarmoqlarda Arthur MacWaters va Max Evans kabi kuzatuvchilar tomonidan eʼlon qilingan yangi suratlar raketaning ilgari koʻrsatilmagan detallarini namoyish etdi. SpaceX mutaxassislari hozirda parvoz oldidan yakuniy texnik koʻriklarni oʻtkazmoqda.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Abror Shuhratov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.