Yozgi mavsum oldidan planshetlar savdosi keskin oshdi

Yozgi mavsum oldidan planshetlar savdosi keskin oshdi

Iliq kunlar boshlanishi bilan foydalanuvchilar shahar tashqarisidagi dam olish maskanlari uchun portativ qurilmalarni faol ravishda xarid qilmoqdalar. MegaFon tahlilchilarining maʼlumotlariga koʻra, may oyining dastlabki ikki haftasida koʻchma karnaylar va aqlli soatlar savdosi aprel oyiga nisbatan mos ravishda 50% va 72% ga oʻsgan. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.

Foydalanuvchilar, shuningdek, avtonom quvvatlanish funksiyasiga ega qurilmalarni ham faol tanlamoqdalar — tashqi akkumulyatorlar (powerbank) savdosi 40% ga oshdi. Bundan tashqari, aqlli uy tizimlari va bolalar uchun moʻljallangan aqlli soatlarga boʻlgan talab ham sezilarli darajada yuqoriladi.

Ayniqsa, planshetlar alohida mashhurlikka erishmoqda, ularning savdosi 70% ga koʻpaygan. Bu borada Samsung qurilmalari, xususan, ixcham Galaxy Tab A11 modeli yetakchilik qilmoqda. Shuningdek, eng koʻp sotilayotgan modellar qatoridan iPad 2025 11, Galaxy Tab A11+ va Galaxy Tab S10 Lite oʻrin olgan.

Sotuvlar dinamikasi boʻyicha Apple planshetlari birinchi oʻrinni egalladi, brendning eng xaridorgir gadjeti esa iPad 2025 11 boʻldi. Safarlar uchun texnikaga eng katta qiziqish Moskva, Sankt-Peterburg, Krasnodar oʻlkasi va Boshqirdiston aholisi tomonidan bildirilmoqda.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Abror Shuhratov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.