Sukerberg Facebook’da “dislayk” tugmasini yaratishga va’da berdi


Facebook ijtimoiy tarmog‘i asoschisi Mark Sukerberg foydalanuvchilar bilan muloqotning navbatdagi sessiyasi chog‘ida tarmoqqa “dislayk” tugmasini kiritishga va’da berdi. Bu haqda The Verge nashriga asoslanib Kun.uz xabar bermoqda.
Ko‘p yillardan buyon Sukerberg bunday funksiyani joriy qilishdan bosh tortib kelayotgan edi. Bu bilan, uning fikricha, foydalanuvchilar boshqalarga hurmatsizlik qilishi mumkin. Endilikda buning echimi topilgan ko‘rinadi – bo‘lajak “dislayk” tugmasi hamdardlik bildirishga xizmat qiladi.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













