Toshkent viloyatida jinoyatchi 16 yoshli o‘g‘lini qotillikka sherik qildi

Toshkent viloyatida jinoyatchi 16 yoshli o‘g‘lini qotillikka sherik qildi
Toshkent viloyatida jinoyatchi 16 yoshli o‘g‘lini qotillikka sherik qildi

Toshkent viloyatining O‘rtachirchiq tumanida istiqomat qiluvchi Olim Baxtiyorov (ism-familiyalar o‘zgartirilgan) 1998 yilda tug‘ilgan o‘g‘li Nodir Baxtiyorov bilan jinoiy reja tuzdi, deb xabar bermoqda «Huquq» gazetasi.

Mudhish rejaga asosan, Nodir taksi gaplashish uchun tuman markaziga chiqadi. Lacetti rusumli avtomashina egasi belgilangan joyga borishga rozilik bildiradi. Mashina O. Baxtiyorovning xonadoniga kelib to‘xtagach, Nodir uydan yuk olib chiqishini aytib, haydovchini ichkariga boshlaydi.

Ichkarida esa O. Baxtiyorov to‘satdan haydovchiga hujum qiladi. Uni bolta bilan bir necha marta urib, so‘ng bo‘g‘ib o‘ldiradi. Mazkur jinoyat yuzasidan sud O. Baxtiyorovni 22 yilga, o‘g‘li N. Baxtiyorovni esa 12 yilga ozodlikdan mahrum qildi.

Foto: Conservative Home
Tekst: Daryo.uz
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.