Respublikaning ba’zi joylarida havo harorati 35 darajagacha ko‘tariladi


Hafta oxirida yog‘ingarchiliklar kuzatilishi mumkin. Bu haqda \"uz24.uz\" xabar berdi.
Gidrometeorologiya markazidan ma’lum qilinishicha, hafta oxirida respublika bo‘ylab havo harorati 30 daraja va undan yuqori bo‘ladi.
Qashqadaryo, Surxondaryo, Navoiy va Buxoro viloyatlarida harorat kunduzi 35 darajagacha ko‘tarilishi kutilmoqda. Kechasi 15-20 daraja iliq bo‘ladi. Toshkent viloyatida xavo xarorati 33 darajagacha ko‘tariladi.
29-30 aprel kunlari ba’zi joylarda qisqa muddatli yog‘ingarchiliklar kuzatiladi.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













