O‘zbekistonda 2024 yilning uch oyida qancha jinoyat fosh etilgani ochiqlandi

O‘zbekistonda 2024 yilning uch oyida qancha jinoyat fosh etilgani ochiqlandi
O‘zbekistonda 2024 yilning uch oyida 4 562 jinoyat fosh etildi hamda qidiruvda bo‘lgan 1 265 nafar shaxs ushlandi. Bu haqda AOKAda o‘tkazilgan brifingda Bosh prokuratura axborot xizmati rahbari Hayot Shamsutdinov ma’lum qildi.

Huquqbuzarliklar va jinoyatchilikka qarshi kurashish borasida mahallalarning 7 762 tasida yoki 82,2 foizida jinoyat qayd etilmagan. 1 364 tasi yoki 14,4 foizida jinoyatchilik barqaror saqlanib qolinishiga va kamayishiga erishilgan.

Tezkor-qidiruv sohasida ham nazorat kuchaytirilib, noaniq sharoitlarda sodir etilgan 4 562 ta jinoyat fosh etilishi hamda qidiruvda bo‘lgan 1 265 nafar shaxsning ushlanishi ta’minlangan.

Tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv va dastlabki tergovda qonunchilikka rioya etilishini ta’minlash choralari doirasida surishtiruv va tergov organlarining 10 602 nafar shaxsga nisbatan 8 505 jinoyat ishi o‘rganilib, sudlarga yuborilgan.

Bevosita prokuratura organlari tomonidan 2 323 jinoyat ishi yuzasidan dastlabki tergov o‘tkazilib, 1 960 nafar shaxsga nisbatan 1 288 jinoyat ishi sudlarga yuborilgan, jinoyat oqibatida yetkazilgan 602,5 milliard so‘mlik zarar undirilgan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.