BMT bosh kotibi O‘zbekiston xalqiga hamdardlik bildirdi

BMT bosh kotibi O‘zbekiston xalqiga hamdardlik bildirdi
BMT bosh kotibi O‘zbekiston xalqiga hamdardlik bildirdi

BMT bosh kotibi Pan Gi Mun O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimov vafotidan chuqur qayg‘uga botdi. U o‘z bayonotida marhumning oilasi, O‘zbekiston hukumati va xalqiga hamdardligini bildirdi.

BMT rahbari Islom Karimovning O‘zbekiston va BMT o‘rtasidagi yaqin hamkorlikni mustahkamlash, mintaqaviy va global xavfsizlikni kuchaytirish, shuningdek, 2009 yilda kuchga kirgan Markaziy Osiyoda yajro qurolidan holi hudud shartnomasining ilg‘or tashabbuskori ekanini alohida ta’kidlab o‘tdi.

Bosh kotib BMTning O‘zbekiston hukumati va xalqi bilan kelgusida ham yaqin hamkorlik qilishga tayyor ekanini tasdiqladi.

Manba: Gazeta.uz
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.