Islom Karimov Samarqandda dafn etildi

Islom Karimov Samarqandda dafn etildi
Islom Karimov Samarqandda dafn etildi

Shanba kuni Samarqand markazidagi qadimiy Registon maydonida O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimov bilan vidolashish marosimi bo‘lib o‘tdi. Mamlakat telekanallari marosimdan lavhalarni efirga uzatdi.
Islom Karimov Samarqandda dafn etildi

Marosimda ishtirok etish uchun Islom Karimovning tug‘ilib-o‘sgan shahriga O‘zbekistonning davlat, jamoatchilik va diniy arboblari, shuningdek, bir qator mamlakatlar va xalqaro tashkilotlarning yuqori lavozimli vakillari tashrif buyurdi.
Islom Karimov Samarqandda dafn etildi

Ular orasida Tojikiston, Turkmaniston va Afg‘oniston prezidentlari, Rossiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Gruziya bosh vazirlari, Eron TIV rahbari, BAA davlat vaziri, MDH ijrochi kotibi va boshqalar bor edi.
Islom Karimov Samarqandda dafn etildi

Janoza namozi o‘qilganidan so‘ng Samarqandning minglab aholisi va mehmonlari ishtirokidagi marosim O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimov musulmonchilik rasm-rusumlariga muvofiq tarzda dafn etilgan Shohi Zinda majmuasida davom ettirildi.
Islom Karimov Samarqandda dafn etildi

Manba: Gazeta.uz
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.