Vladimir Putin: O‘zbekiston xalqi Rossiyani eng ishonchli do‘sti sifatida bilishi mumkin

Vladimir Putin: O‘zbekiston xalqi Rossiyani eng ishonchli do‘sti sifatida bilishi mumkin
Vladimir Putin: O‘zbekiston xalqi Rossiyani eng ishonchli do‘sti sifatida bilishi mumkin

Bugun Rossiya prezidenti Vladimir Putin O‘zbekiston birinchi prezidenti Islom Karimov xotirasiga hurmat bajo keltirish uchun Samarqandda bo‘ldi. U tashrif davomida O‘zbekiston bosh vaziri Shavkat Mirziyoyev bilan uchrashdi. Bu haqda \"Kun\" xabar berdi.

U ma’lum qildiki, o‘zbek xalqi va respublika rahbariyati Rossiyaning eng ishonchli do‘st sifatida hisoblashi mumkin.

U Rossiya «Islom Karimov tomonidan boshlangan ishlar davom ettirilishi» tarafdori ekanini qayd etgan.

«Biz o‘z tomonimizdan ushbu hamkorlikdagi ishlar rivojlanish yo‘li yanada ravnaq topishi uchun qo‘ldan kelgancha harakat qilamiz. O‘zbek xalqini, O‘zbekiston rahbariyatini qo‘llab-quvvatlaymiz. Bu borada bizga eng ishonchli do‘stga ishongandek ishonishingiz mumkin», — deya uning so‘zlarini keltiradi RIA «Novosti».

Rossiya rahbari qayd etib o‘tganki, Islom Karimov ikki mamlakat o‘rtasidagi munosabatlar mustahkamlanishi uchun zamin yaratdi.

Putin O‘zbekiston va Rossiya munosabatlari strategik sheriklik asosida qurilganini ta’kidlagan.

«Biz hamisha bu munosabatlarni qadrlaganmiz», degan Putin.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.