Dubay shahrining ilgʻor echimlari Yangi Toshkentni qurishda ham qoʻllaniladi

Dubay shahrining ilgʻor echimlari Yangi Toshkentni qurishda ham qoʻllaniladi
Foto: Prezident matbuot xizmati.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Birlashgan Arab Amirliklariga rasmiy tashrifi doirasida 15 yanvar kuni Dubay shahrida BAA Vitse-prezidenti, Bosh vaziri Shayx Muhammad bin Roshid Ol Maktum bilan muzokara oʻtkazdi.
Dubay shahrining ilgʻor echimlari Yangi Toshkentni qurishda ham qoʻllaniladi
Uchrashuvda bugun boʻlib oʻtgan oliy darajadagi muzokaralar samarali boʻlgani hamda Oʻzbekiston-BAA munosabatlarini strategik sheriklik darajasiga koʻtargani yuqori baholandi.
Dubay shahrining ilgʻor echimlari Yangi Toshkentni qurishda ham qoʻllaniladi
Davlat boshqaruvi samaradorligini oshirish va boshqaruv kadrlarini tayyorlash kabi sohalarda faol muloqotlar va samarali hamkorlik olib borilayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi.
Dubay shahrining ilgʻor echimlari Yangi Toshkentni qurishda ham qoʻllaniladi
Yuqori texnologiyalar, raqamlashtirish, infratuzilmani rivojlantirish va boshqa istiqbolli yoʻnalishlarda yangi loyihalarni ishlab chiqish va amalga oshirishga kelishib olindi.
Dubay shahrining ilgʻor echimlari Yangi Toshkentni qurishda ham qoʻllaniladi
BAAdagi sheriklar bilan Oʻzbekistonda sun\'iy intellekt sohasida yaqindan hamkorlik qilishdan manfaatdorlik bildirildi.

Dubayning ilgʻor echimlarini shaharsozlik sohasiga, jumladan, Yangi Toshkentda zamonaviy infratuzilmani yaratish doirasida joriy etishga alohida e\'tibor qaratildi.
Dubay shahrining ilgʻor echimlari Yangi Toshkentni qurishda ham qoʻllaniladi
Tomonlar faol muloqotni davom ettirish va amaliy sheriklikning barcha yoʻnalishlarida keng koʻlamli hamkorlikni rivojlantirishga kelishib oldilar.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.