Kambag‘al oilalar tadbirkorlik uchun moliyaviy yordam oladi

Kambag‘al oilalar tadbirkorlik uchun moliyaviy yordam oladi
O‘zbekistonda kambag‘al oilalarga tadbirkorlik bilan shug‘ullanishlari uchun foizsiz ssudalar ajratiladi. Bu Prezidentning 14-fevral kuni qabul qilingan “Aholini tadbirkorlikka jalb qilish va bandligini ta’minlash uchun moliyaviy yordamlar ajratish tizimini takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorida belgilangan.

Qarorga ko‘ra, Ijtimoiy himoya yagona reyestri va Kambag‘al oilalar reyestriga kiritilgan oilalar a’zolariga tadbirkorlik faoliyatini boshlash uchun zarur bo‘lgan asbob-uskunalarni xarid qilish maqsadida foizsiz ssuda ajratish tizimi joriy etiladi. Shu bilan birga, aholining qiziqish bildirmagan, foydalanilmayotgan va samaradorligi past subsidiyalari bekor qilinib, bir-birini takrorlovchi subsidiyalar birlashtiriladi.

Mahallalarning ixtisoslashuvi va drayver yo‘nalishlaridan kelib chiqib, kambag‘al oilalarga tadbirkorlik hamda dehqonchilik bilan shug‘ullanishi uchun grant va foizsiz ssudalar ajratiladi.

2026-yil 1-yanvardan aholiga naqd pul shaklida beriladigan moliyaviy yordamlar bosqichma-bosqich ijtimoiy karta orqali ajratiladi.

Bundan tashqari, 2025-yil 20-martgacha Iqtisodiyot va moliya vazirligi markaziy apparati tuzilmasida Subsidiya, ssuda va grantlarning samaradorligini baholash va muvofiqlashtirish boshqarmasi tashkil etiladi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.