Toshkent havosi yana xavfli darajada

Toshkent havosi yana xavfli darajada
10 aprel kuni Toshkent shahrida havodagi PM2.5 mayda zarrachalar miqdori 50 mkg/m³ ni tashkil etdi, bu Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) tavsiya qilgan me’yordan 10 barobar yuqori, deb Nova24.uz xabar berdi.

Soat 08:00 holatiga ko‘ra, ozon va PM10 moddalar miqdori belgilangan darajadan oshmagan. Ammo PM2.5 zarrachalar konsentratsiyasi JSST me’yoridan 10 barobar ortiq. Bu esa zaif guruhlar uchun havoning sifati zararli darajada, deb baholanishiga olib keldi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston JSSTning havo sifati bo‘yicha talablariga javob beruvchi davlatlar ro‘yxatiga kirmaydi. Bu haqda Shveysariyaning IQAir kompaniyasi 2024 yilgi hisobotida ma’lumot bergan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.