O‘zbekiston U18 Osiyo chempionatida 2-o‘rinni oldi

O‘zbekiston U18 Osiyo chempionatida 2-o‘rinni oldi
Yengil atletika bo‘yicha 18 yoshgacha bo‘lgan sportchilar o‘rtasida o‘tkazilgan U18 Osiyo chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi umumjamoa hisobida ikkinchi o‘rinni egalladi, deb xabar berdi O‘zbekiston yengil atletika federatsiyasi.

Yosh atletlarimiz 3 ta oltin, 5 ta kumush va 4 ta bronza medal qo‘lga kiritib, jami 12 ta medalli bo‘ldi. Bu natija terma jamoamiz tarixidagi eng yuqori yutuq sifatida e’tirof etildi.

Avvalgi eng yaxshi ko‘rsatkich 2022 yilda Quvaytda qayd etilgan bo‘lib, o‘shanda O‘zbekiston uchinchi o‘rinni olgan, 2023-yilda Toshkentda bo‘lib o‘tgan chempionatda esa to‘rtinchi o‘rinda qolgan edi.

Sportchilar va ularning murabbiylarini tabriklaymiz!
O‘zbekiston U18 Osiyo chempionatida 2-o‘rinni oldi
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.