Italiya bosh vaziri Registon ansambli va «Boqiy shahar» majmuasi bilan tanishdi

Italiya bosh vaziri Registon ansambli va «Boqiy shahar» majmuasi bilan tanishdi
O‘zbekistonga rasmiy tashrif bilan kelgan Italiya bosh vaziri Jorja Meloni Shavkat Mirziyoyev hamrohligida Samarqand shahridagi Registon maydonida bo‘ldi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Italiya bosh vaziri Registon ansambli va «Boqiy shahar» majmuasi bilan tanishdi
YUNESKOning Butunjahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan, dunyoga mashhur Registon maydoni buyuk ajdodlarning bunyodkorlik salohiyatini aks ettiruvchi mamlakatning asosiy tashrif qog‘ozidir. Majmuadagi Mirzo Ulug‘bek, Sherdor va Tillakori madrasalari o‘zining ulug‘vorligi, boy tarixi va betakror me’morchiligi bilan mehmonlarda chuqur taassurot qoldirmoqda.
Italiya bosh vaziri Registon ansambli va «Boqiy shahar» majmuasi bilan tanishdi
Oliy martabali mehmonga ushbu Sharq shaharsozligi durdonasining qurilish tarixi, me’moriy yechimlari va bezaklarining o‘ziga xos jihatlari, ushbu maskan bilan bog‘liq muhim voqealar va shaxslar, shuningdek, o‘zbek xalqining madaniy merosi haqida batafsil ma’lumot berildi.
Italiya bosh vaziri Registon ansambli va «Boqiy shahar» majmuasi bilan tanishdi
Italiya bosh vaziri Registon ansambli va «Boqiy shahar» majmuasi bilan tanishdi
So‘ngra davlat rahbarlari Silk Road Samarkand xalqaro turizm markazidagi «Boqiy shahar» tarixiy-etnografik bog‘ida bo‘ldi. «Xalqimizning boy madaniy merosi, hunarmandchilik va amaliy san’atini aks ettiruvchi ko‘rgazmalar tomosha qilindi. Raqs jamoalarining chiqishlaridan iborat madaniy dastur namoyish etildi», — deyiladi xabarda.
Italiya bosh vaziri Registon ansambli va «Boqiy shahar» majmuasi bilan tanishdi
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.