Samarqandda Italiya bosh vazirini rasmiy kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi

Samarqand shahrida 29 may kuni Italiya bosh vaziri Jorja Melonini rasmiy kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda Prezident matbuot xizmati.
Samarqandda Italiya bosh vazirini rasmiy kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi
Samarqandda Italiya bosh vazirini rasmiy kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi
Ma’lum qilinishicha, Kongress markazi oldidagi maydonda faxriy qorovul saf tortdi. Shavkat Mirziyoyev oliy martabali mehmonni samimiy qarshi olib, shohsupaga taklif etdi. Harbiy orkestr ikki davlat madhiyalarini ijro etdi. Yetakchilar faxriy qorovul safi oldidan o‘tib, rasmiy delegatsiyalar a’zolarini qutladi.
Samarqandda Italiya bosh vazirini rasmiy kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi
Samarqandda Italiya bosh vazirini rasmiy kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi
Shundan so‘ng oliy darajadagi muzokaralar boshlandi.
Samarqandda Italiya bosh vazirini rasmiy kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi
Samarqandda Italiya bosh vazirini rasmiy kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi
Italiya bosh vazirinining Samarqandga tashrifi
Samarqandda Italiya bosh vazirini rasmiy kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi
Italiya bosh vaziri Jorja Meloni Shavkat Mirziyoyev taklifiga binoan 28 may kuni rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonga keldi. Samarqand xalqaro aeroportida bosh vazirni O‘zbekiston yetakchisi kutib oldi. So‘ng davlat rahbarlari Samarqand shahridagi Registon maydonida, Silk Road Samarkand xalqaro turizm markazidagi “Boqiy shahar” tarixiy-etnografik bog‘ida bo‘ldi. Raqs jamoalarining chiqishlaridan iborat madaniy dastur namoyish etildi.
Samarqandda Italiya bosh vazirini rasmiy kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi
Samarqandda Italiya bosh vazirini rasmiy kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi
Samarqand shahrida bo‘lib o‘tadigan oliy darajadagi muzokaralarda O‘zbekiston—Italiya strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash va ko‘p qirrali hamkorlikni kengaytirish masalalari ko‘rib chiqiladi. Innovasion hamkorlik va gumanitar almashinuv loyihalarini ilgari surish diqqat markazida bo‘ladi. Yakunda ikki tomonlama bitimlar to‘plamini imzolash ko‘zda tutilgan.

Foto: Prezident matbuot xizmati
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.