O‘zbekistonda 44 darajagacha issiq kutilmoqda

O‘zbekistonda 44 darajagacha issiq kutilmoqda
2025 yil 16–19 iyun kunlari O‘zbekiston hududiga juda issiq havo oqimi kirib keladi, deb xabar berdi «Uzhydromet» rahbari Sherzodxo‘ja Habibulloxo‘ja, deya yozadi nova24.uz.

16–17 iyun kunlari Qoraqalpog‘iston va Xorazm viloyati, 17–19 iyun kunlari esa boshqa barcha hududlarda kunduzgi harorat 40–42 daraja, janub va cho‘l hududlarda ayrim joylarda 43–44 darajagacha ko‘tariladi.

Butun mamlakat bo‘ylab shamol kuchi 13–18 m/s gacha yetishi mumkin. Ayrim hududlarda changli shamol va chang-to‘zon ehtimoli ham mavjud.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.