Prezident farmoni: G‘aznachilik xizmati va pensiya jamg‘armasining tuman bo‘limlari tugatiladi

Prezident farmoni: G‘aznachilik xizmati va pensiya jamg‘armasining tuman bo‘limlari tugatiladi
Prezident tomonidan \"Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi G‘aznachilik xizmati qo‘mitasi hamda budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi tomonidan zamonaviy xizmatlarni joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida\"gi farmon imzolandi.

Farmonga ko‘ra 2027 yil 1 yanvardan boshlab Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi G‘aznachilik xizmati qo‘mitasi va Budjetdan tashqari pensiya jamg‘armasining tuman (shahar) bo‘limlari faoliyatini raqamlashtirish hisobiga tugatiladi. Bunda G‘aznachilik qo‘mitasi va Pensiya jamg‘armasining hududiy boshqarmalarida 1-3 shtat birligidan iborat ixcham xizmat ko‘rsatish ofislari tashkil etiladi.

2026 yil 1 dekabrdan boshlab pensiya tizimida quyidagi jarayonlarni avtomatlashtirish orqali:
  • fuqarolarning mavjud ish staji va ish haqlari to‘g‘risidagi elektron ma’lumotlarga asosan pensiya miqdorini oldindan aniqlash bo‘yicha \"Mening pensiyam\" onlayn xizmati joriy etiladi;
  • pensiya ta’minotiga oid barcha xizmatlar to‘liq proaktiv, elektron hamda interaktiv shaklga o‘tkaziladi.

2025 yil 1 oktyabrgacha fuqarolarning pensiya to‘lovlariga undirish qo‘llanishidan oldin ularni oldindan xabardor qilish tizimi joriy etiladi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.