Yandex haydovchi va kuryerlar uchun soliqni o‘zi to‘laydi

O‘zbekistonda o‘zini o‘zi band qilganlar bilan hamkorlik qiluvchi kompaniyalar, agar ularning yillik daromadi 100 million so‘mdan oshsa, ular uchun soliq to‘lashni ta’minlashi shart, deb Soliq qo‘mitasi qaroridan ma’lum bo‘ldi, deb Kursiv Media xabar berdi.
Yandex Uzbekistan soliq tizimi bilan texnik integratsiyani yakunlaganini tasdiqladi. 2 iyuldan boshlab Yandex Go servislariga hamkor haydovchi va kuryerlarning daromadidan soliq avtomatik ravishda to‘lanadi.
Soliq ushlab qolish kerak bo‘lgan shaxslar haqidagi ma’lumotlar to‘g‘ridan-to‘g‘ri soliq organlaridan kelib tushadi. Barcha yechib olinadigan summalar Yandex Pro ilovasida ko‘rinadi va soliq to‘lovchilarga ma’lumotni tegishli idoralar taqdim etadi.
Yangi tizim o‘zini o‘zi band qilganlar uchun jarayonni soddalashtiradi va hisob-kitobdagi xatoliklar xavfini kamaytiradi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!Yandex Uzbekistan soliq tizimi bilan texnik integratsiyani yakunlaganini tasdiqladi. 2 iyuldan boshlab Yandex Go servislariga hamkor haydovchi va kuryerlarning daromadidan soliq avtomatik ravishda to‘lanadi.
Soliq ushlab qolish kerak bo‘lgan shaxslar haqidagi ma’lumotlar to‘g‘ridan-to‘g‘ri soliq organlaridan kelib tushadi. Barcha yechib olinadigan summalar Yandex Pro ilovasida ko‘rinadi va soliq to‘lovchilarga ma’lumotni tegishli idoralar taqdim etadi.
Yangi tizim o‘zini o‘zi band qilganlar uchun jarayonni soddalashtiradi va hisob-kitobdagi xatoliklar xavfini kamaytiradi.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













