Ba’zi hududlar +40° gacha isib ketishi kutilmoqda

Ba’zi hududlar +40° gacha isib ketishi kutilmoqda

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo harorati 40 darajagacha ko‘tarilishi kutilmoqda, deb Kursiv.media xabar berdi. Sinoptiklarning aytishicha, issiq ob-havo 19-avgustdan boshlab bir necha kun davom etadi.

Mutaxassislar aholiga ayniqsa kunning eng issiq soatlarida ko‘chada ko‘p vaqt o‘tkazmaslikni tavsiya qilmoqda. Shuningdek, ko‘proq suv ichish va soya joylarda bo‘lish maslahat berildi.

Shu kunlarda qishloq xo‘jaligida ham qo‘shimcha ehtiyot choralarini ko‘rish zarurligi ta’kidlandi. Issiqlik ayrim hosillarga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkinligi qayd etildi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.