Qamchiq dovoni orqali qatnovlar o‘zgarishsiz davom etmoqda

Qamchiq dovoni orqali qatnovlar o‘zgarishsiz davom etmoqda
Qamchiq dovoni orqali qatnovlar o‘zgarishsiz davom etmoqda

Bugun O‘zbekiston hududida qor yog‘ishi va sovuq tushishi kuzatildi. Shu sababli aholi o‘rtasida Toshkentdan Farg‘ona vodiysi shaharlariga transport qatnovi davom etish-etmasligi bo‘yicha savollar paydo bo‘lgan, deb xabar bermoqda «Kun.uz».

Tahririyatimiz ushbu savol yuzasidan Favqulodda Vaziyatlar Vazirligining Qamchiq dovonida joylashgan bo‘limiga murojaat qildi. Post xodimlaridan biri so‘rovga javoban bugungi havo hududdagi yo‘llarda qatnov uchun etarlicha ijobiy ekanini va yo‘llar ochiqligini ma’lum qildi.

Demak, Toshkentdan Farg‘ona vodiysi shaharlariga yoki Farg‘ona vodiysi shaharlaridan Toshkentga yo‘l olishga ikkilanib turgan haydovchi va yo‘lovchilar o‘z safarlarini boshlashlari mumkin.

Foto: Kun.uz
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.