Toshkentning to‘rt tumanida gaz vaqtincha uziladi

25 avgust, dushanba kuni, Toshkentning ayrim tumanlarida ta’mirlash ishlari sababli gaz vaqtincha o‘chiriladi, deb Kursiv.media xabar berdi.
Chilonzor tumanida soat 10:00 dan 20:00 gacha “Al-Xorazmiy”, “Bahoriston”, “Guliston” va “Bek topi” mahallalarida gaz bo‘lmaydi. Bu hududda 220 ta xususiy uy, 80 ta ko‘p qavatli bino va 40 ta yirik iste’molchi gazsiz qoladi.
Shayxontohur tumanida ham soat 10:00 dan 20:00 gacha to‘rtta yirik iste’molchiga gaz yetkazib berish to‘xtatiladi.
Uchtepa tumanidagi “Foziltepa”, “Ko‘ksaroy”, “O‘rikzor” va “Zarafshon” mahallalarida gaz 10:00 dan 20:00 gacha o‘chiriladi. Bu yerda 2 450 ta xususiy uy, 47 ta ko‘p qavatli uy va 256 ta yirik iste’molchi ta’sir ko‘radi.
Yashnobod tumanida soat 10:00 dan 18:00 gacha Maxtumquli ko‘chasida gaz bo‘lmaydi. Bu yerda 950 ta xususiy uy, 35 ta ko‘p qavatli uy va 10 ta yirik iste’molchi gazsiz qoladi.
Ta’mirlash ishlari tugagach gaz ta’minoti tiklanadi.













