O‘zbekistonda ilk bor supermarket shaklidagi dorixona ochildi (Foto)

O‘zbekistonda ilk bor supermarket shaklidagi dorixona ochildi (Foto)
O‘zbekistonda ilk bor supermarket shaklidagi dorixona ochildi (Foto)

O‘zbekiston farmasevtika sanoatida ilk bor \"Dori-Darmon\" aksiyadorlik kompaniyasining supermarket shaklidagi dorixonasi ochildi. Bu haqda Sputnik agentligi saytida xabar berildi.
O‘zbekistonda ilk bor supermarket shaklidagi dorixona ochildi (Foto)

Supermarket dorixonaning interer va dizayni zamonaviy standartlarga javob beradi, hozircha unga o‘xshash muassasa O‘zbekistonda yo‘q. Bu erda tayyor dori vositalari, reseptli dorilar, davolovchi kosmetika, gigiena, optika, bog‘lama vositalari, bolalar ozuqalari, dorivor o‘simliklar va boshqalarni topish mumkin.
O‘zbekistonda ilk bor supermarket shaklidagi dorixona ochildi (Foto)

Supermarket dorixona xaridorlarga yuqori darajada xizmat ko‘rsatishi uchun barcha sharoitlarga ega, jumladan, kompaniya tarmoq dorixonalaridagi mavjud dorilar, tibbiy mahsulotlar haqida ma’lumot olish imkonini beruvchi infokiosklar bilan ta’minlangan.
O‘zbekistonda ilk bor supermarket shaklidagi dorixona ochildi (Foto)

Kompaniya rahbariyati bu kabi dorixonalar soni butun respublika bo‘ylab oshishiga umid qilmoqda.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.