O‘zbekistonda olib qochilgan avtomobil kompyuterdan turib to‘xtatiladi

O‘zbekistonda olib qochilgan avtomobil kompyuterdan turib to‘xtatiladi
Foto: Kun.uz

O‘zbekiston huquqni muhofaza qilish organlari kelasi yilning boshidayoq olib qochilgan mashinalarni masofadan turib to‘xtatish imkoniga ega yuqori texnologiyalardan foydalanishlari mumkin bo‘ladi.

Bu tizim Toshkent shahri ko‘chalarida o‘rnatilgan videokuzatuv tizimiga qo‘shimcha tarzda amalga tatbiq etiladi.

“Biz fuqarolar avtomobillarini saqlashga olish va avtomobillarga masofadan turib to‘sib tizimini o‘rnatishni rejalashtirmoqdamiz”, - deya aytib o‘tgandi O‘zbekiston IIV qoshidagi “Qo‘riqlash” birlashmasi rahbari polkovnik Tohiriddin Najimov 2016 yilning aprelida tashkil etilgan brifingda.

Olib qochishga qarshi masofaviy tizim sinovlardan o‘tkazildi. Najimovning 19 dekabr kuni bergan intervyusida aytilishicha, u huquqni muhofaza qilish organlariga olib qochilgan avtomobilni kompyuterdan turib to‘xtatish imkonini beradi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, tizim 2017 yilning boshidan amalga tatbiq etiladi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.