Fevral oyida Qozog‘iston, Qirg‘iziston va O‘zbekistonni bog‘lovchi yo‘l ochiladi

Fevral oyida Qozog‘iston, Qirg‘iziston va O‘zbekistonni bog‘lovchi yo‘l ochiladi
1998 yilda yopib qo‘yilgan, Qozog‘istonning Jambil, Olmaota va Janubiy-Qozog‘iston viloyatlari hududi bo‘ylab o‘tib, O‘zbekistonning Toshkent, Jizzax va Samarqand viloyatlarida davom etgan M-39 trassasi yana ochilishi rejalashtirilmoqda. Kun.uz sayti yozishicha, bu haqda Janubiy-Qozog‘iston viloyati rahbarining O‘zbekiston delegasiyasi vakillari bilan uchrashuvi vaqtida aytilgan.
Fevral oyida Qozog‘iston, Qirg‘iziston va O‘zbekistonni bog‘lovchi yo‘l ochiladi

O‘zbekiston TIVning alohida masalalar bo‘yicha elchisi Ilhom Ne’matov bilan muzokaralar yakunida ushbu yo‘lni shu yilning fevral oyida ochishga kelishib olingan.
Fevral oyida Qozog‘iston, Qirg‘iziston va O‘zbekistonni bog‘lovchi yo‘l ochiladi

\"Hozirda bu yo‘l yopiqligi tufayli odamlar Samarqandga borishda 70 kilometr ko‘p masofa bosmoqda. Shuning uchun biz yo‘lda harakatni tiklashga qaror qildik, bu orqali aholiga va mamlakatimiz mehmonlariga qulaylik yaratiladi\",- degan o‘z intervyusida Ilhom Ne’matov.
Fevral oyida Qozog‘iston, Qirg‘iziston va O‘zbekistonni bog‘lovchi yo‘l ochiladi

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yilning oktyabrida Janubiy-Qozog‘iston hokimi Jonsaid Tu­ymeboyev O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari Ulug‘bek Ro‘ziqulov bilan uchrashuv o‘tkazgandi. Muzokaralar davomida ikki mamlakat o‘rtasida tovar ayirboshlash hajmini oshirishga kelishib olingandi. Bu kelishuv doirasida ikki mamlakat chegarasida savdo hududi tashkil qilish ham nazarda tutilgan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.